Asadbek Odiljonov: "Farg'ona tumanida futbol rivojiga o'z hissamni qo'shmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2019, 22:41
Farg'ona viloyati birinchiligi 4-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari”(Yozyovon) - “Vodil” (Farg'ona tumani) (4:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar posboni Asadbek Odiljonov saytimizga intervyu berdi.

Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. Birinchi bo'limda himoyadagi yo'l qo'yilgan xatolarimiz evaziga ketma-ket 3 ta gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda futbol tili bilan aytganda “kambek” amalga oshirib, hisobni 3:3 ga etkazdik. Afsuski, so'ngi daqiqalarda yana mezbonlar gol kiritishdi va mag'lubiyatga uchradik.

Hozir yoshim 18 da, nasib qilsa O'zbekiston yoshlar terma jamasida to'p surish niyatim bor, o'zbek futbolini yuksaklarga olib chiqishni maqsad qilganman. Shu bilan bir navbatda Farg'ona tumanida futbol rivojiga o'z hissamni qo'shmoqchiman – deydi Asadbek Odiljonov


Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia