Artur yozda "Yuventus"dan ketmoqchi

Alisher
14 may 2022, 11:47
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo yozgi transfer oynasida Turin klubidan ketmoqchi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining rejalariga kirmaydi.

Artur qishda "Arsenal"ga o'tishi mumkin edi, ammo londonliklar "Yuventus" bilan xarid qilish huquqi bandiga ega ijara shartlari borasida kelisha olishmadi.

Artur joriy mavsum "Yuventus" safida A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica