Artur Gevorkyan va Ro'ziqul Berdiev - iyun oyi laureatlari!

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 11:22
O'zbekiston chempionatining iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida 2 iyul, kuni boshlangan so'rovnoma 7 iyul kuni yakuniga etdi.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, jurnalistlar jami 8 nafar murabbiy va 12 nafar futbolchiga ovoz berishdi.

Jurnalistlar tomonidan O'zbekiston Birinchiligi jamoasi - Mashalni boshqarayotgan Aleksandr Xomyakov Oy murabbiyi, shuningdek Mashal futbolchisi Jahongir Abdumo'minov va Andijon hujumchisi Temur Hakimov kabi futbolchilarning Oy o'yinchisi nomiga da'vogar sifatida ko'rsatilgani e'tiborga molik.

Oy o'yinchisi nomi uchun kurashda Qarshining Nasaf klubi sardori Artur Gevorkyan katta ustunlik bilan g'olib chiqdi. Qarshining Nasaf jamoasi iyun oyida o'tkazilgan uchrashuvlarning barchasida g'alaba qozondi. Oliy Liganing 12-tur uchrashuvida esa, o'z maydonida Qizilqum ustidan o'ta yirik - 7:1 hisobida g'alaba qozonilgan uchrashuvda Artur Gevorkyan navbatdagi xet-trikini qayd etdi. Takidlash lozim, turkmanistonlik futbolchi may oyi so'rovnomasida ham Oy o'yinchisi nomini qo'lga kiritgan edi.

Samarqandning Dinamo klubi a'zosi Sirojiddin Sayfiev esa, iyun oyining eng yaxshi futbolchilari ro'yxatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Takidlash lozim, Mart oyida tengsiz deb topilgan Farhod Tojiev iyun oyi so'rovnomasida uchinchi bo'ldi.

Oy murabbiyi nomi uchun kurashda iyun oyida ham Nasaf bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga teng keladigan mutaxassis topilmadi. Qashqadaryolik mutaxassis eng yaqin taqibchisi Hakim Fuzaylovni (Lokomotiv)ni 12 ballga ortda qoldirib, 25 ball to'plashga muvaffaq bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi iyun oyi kuchli beshligi:

 1. Artur Gevorkyan (Nasaf) – 25 ball.
 2. Sirojiddin Sayfiev (Dinamo Samarqand) – 10 ball.
 3. Farhod Tojiev (Lokomotiv) – 9 ball.
 4. Aleksandr Pishur (Bunyodkor) – 8 ball.
 5. Azamat Olloniyozov (Nasaf) – 5 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi iyun oyi kuchli beshligi:

 1. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 25 ball.
 2. Hakim Fuzaylov (Lokomotiv) – 12 ball.
 3. Mirjalol Qosimov (Bunyodkor) – 11 ball.
 4. Igor Shkvirin (Olmaliq) – 7 ball.
 5. Aleksandr Xomyakov (Mashal) – 7 ball.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz