Arteta: “Partey juda ham aqlli futbolchi”

“Arsenal” ustozi “Atletiko M”dan sotib olingan Tomas Partey haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz bir qanch vaqt davomida Tomasni kuzatib bordik. Shuning uchun ham bunday yuqori darajadagi futbolchini o'z safimizga qo'shib olganimizdan baxtiyormiz. U bir necha mavsum davomida La Liga va YCHLda yuqori darajada harakat qilgan top-klubdagi ulkan tajribalarini bizga olib keladi. Biz uning munosabati va o'yinga bo'lgan qarashlaridan hayratdamiz. U juda aqlli futbolchi. Uning tizimimizga moslashishi va jamoa rivojiga foyda keltirishini sabrsizlik bilan kutamiz”, - deydi Arteta.


Manba: “Арсенал” расмий сайти