Arteta: "Mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman"

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023, 15:18
Mikel Arteta "Arsenal"ning "Vest Xem"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati sabablarini aytib o'tdi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga Kubogi 1/8 finalida "Vest Xem"ga qarshi o'yin (1:3) natijasiga izoh berdi.

"Natijadan qoniqmadim va mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman. Biz etarli darajada yaxshi emasdik, etarlicha kurashmadik. 2 kun davomida futbolchilarni ularni nima kutayotgani, o'yin qanchalik muhim ekanligi haqida ogohlantirishga harakat qildim. Bu – futbol, har bir o'yin o'ziga xos.

Gol urish uchun raqib hujumi oldida u qadar faol bo'la olmadik. Men jamoamdan ko'proq narsani kutgandim. Ko'p narsani yaxshilash kerak. Ushbu o'yindan xulosa qilib, "Nyukasl"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak", – dedi ispaniyalik mutaxassis.

"Arsenal" navbatdagi o'yinini 4 noyabr kuni APL doirasida mehmonda "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports