Arteta: "Arsenal" o'yinni asabiy tarzda boshladi"

Mirjalol Normatov
12 dek 2021
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"O'yinni asabiy tarzda boshladik. Dastlabki 15 daqiqalik shunday o'tdi. Keyinchalik o'zimizga keldik va tashabbusni, nazoratni qo'limizga oldik.

Asabiy startdan keyin ritmni ushlashni uddaladik va gol urib oldik. Shundan keyin o'yin faqatgina bizning foydamizga ketdi. G'alabadan xursandman", - dedi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal