Arteta "Arsenal" APLda favorit sifatida ko'rilishini istamaydi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025, 14:22
Premer-liganing 8 turidan keyin Londonning "Arsenal" jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Biroq "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaga yetakchilik shon-shuhrati tinchlik bermayapti.

Shimoliy London jamoasi menejeri "Arsenal"ni APLda favorit sifatida ko'rishni istamasligini, chunki u o'yindan o'yinga kuchayib borishni afzal ko'rishini ta'kidladi.

"Men idrok etadigan yagona narsa – jamoa ko'rsatishi mumkin bo'lgan g'ayrat, shijoat, fidoyilik va sifatni ko'rish. Bu menga butun yo'lni bosib o'tishimiz mumkinligiga ishonch bag'ishlaydi. Lekin bu shunchaki hissiyot.

Biz ertasi kuni o'zimizni isbotlashimiz kerak. Bunday narsalarga chalg'imaslik va Premer-liganing har bir o'yinida g'alaba qozonishimiz zarur", – dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com