Arsenalga Yuventus futbolchisi kerak

Khoja
22 okt 2024, 10:55
Arsenal hali ham top darajadagi hujumchi bilan shartnoma tuzish yo'llarini izlamoqda.

To'pchilar Yuventus hujumchisi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan. Serbiyalik hujumchining turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 18 oydan so'ng yakuniga etadi. Agar Italiya jamoasi hujumchi bilan kelishuvni uzaytira olmasa, yozda uni sotishga to'g'ri keladi.

Ma'lumot uchun, Yuventus 2022 yilda 25 yoshli hujumchini Fiorentinadan 66 million funtga sotib olgandi. U shu vaqt davomida Yuventus safida 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, 48 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com