"Arsenal" yana Erik Garsiyani sotib olishga urinib ko'radi

Sherzod Nurmatov
1 apr 2023, 14:22
London klubi "Barselona" futbolchisi Erik Garsiyani tarkibiga qo'shib olish uchun qayta harakat qiladi.

Angliya Premer-ligasi vakili Kataloniya klubi himoyachisi Erik Garsiyaga qiziqish bildirmoqda. 

Mikel Arteta yanvar oyida markaziy himoyachini qo'lga kiritish uchun harakat qilib ko'rgandi. Biroq qutbolchining o'zi "Emireyts"ga ko'chib o'tishdan bosh tortdi. "To'pchilar" 22 yoshli o'yinchini yozda ko'ndirishga umid bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" yaqindagina "Atletik" himoyachisi Inigo Martines bilan og'zaki kelishuvga erishgani ma'lum qilindi. Bu esa kelasi mavsumda jamoaning ushbu nuqtasida raqobat yuzaga kelishini bildiradi. Joriy mavsumda murabbiy Xavi Ernandes tomonidan La Ligada 11 o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagan Garsiya maydonda ko'proq harakatlanishni istaydi. Futbolchi bu holat keyingi mavsumda takrorlanishini xohlamaydi. Shu sababli "Arsenal" yuqoridagi sabablar Garsiyani Angliyaga yo'l olishiga turtki bo'la oladi, deb ishonadi.

Ispaniya terma jamoasi a'zosi 2021 yilda "Manchester Siti"dan tekinga "Barsa" safiga kelib qo'shilgan va 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo