"Arsenal", "Tottenxem" va "Inter" "yangi Mbappe" uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2017, 18:45
"Arsenal" hamda "Tottenxem" "Kan"ning 19 yoshli hujumchisi Yan Karamo uchun kurashni boshladi.

Fracniya klubi "yangi Mbappe" laqabini olgan o'z iqtidorini 9 mln. funtga baholamoqda. Hozircha Yan borasida rasmiy takliflar tushmadi.

London klublaridan tashqari Karamoga "Inter" ham qiziqish bildirmoqda. "Kan" va forvard o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

So'nggi mavsum Karamo Fransiya chempionatining 35 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun