"Arsenal" "Real" futbolchisi uchun 70 million evro to'lamoqchi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 14:12
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Don Balon" xabariga ko'ra, "kanonirlar" "qaymoqranglilar"ning 27 yoshli futbolchisi uchun 70 million evro to'lashga tayyorlar.

Xames hozirda "Bavariya"da ijara asosida harakat qilmoqda. Germaniya chempioni futbolchini 42 million evroga sotib olishlari mumkin.

Kolumbiyalik bu mavsumda 11 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon