"Arsenal" O'zilni sotuvga qo'ydi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 11:57
"Arsenal" o'z yetakchisi Mesut O'zilni transferga qo'ydi.

Italiyalik jurnalist Jovanni Skottning xabariga ko'ra, londonliklar rahbariyati Mesutning o'tgan mavsumdagi o'yinidan qanoatlanmagan va shu boisdan uni jamoadan ketkazib yubormoqchi.

Uning xizmatlariga "Beshiktosh", "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

"Arsenal" o'z navbatida turk klublaridan 35 million evro so'ramoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express