"Arsenal" "Chelsi"ning yana bir futbolchisini qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 19:03
Tomonlar allaqachon muzokaralar olib bormoqda.

"Chelsi" yarim himoyachisi Kay Haverc "Arsenal" qiziqishlari doirasida. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi/

Futbolchi "kanonirlar" safini to'ldirishga rozi, endi gap klubning o'zida qoldi. "Ko'klar" germaniyalik futbolchi uchun 75 mln funt talab qilmoqda. "Kanonirlar"ni bu narx qoniqtirmayapti.

Avvalroq 24 yoshli yarim himoyachini sotib olishga "Real" qiziqayotgandi, biroq "qirollik klubi" bu masala bo'yicha aniq bir qarorga kelmagan.

+Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum o'rtalarida “Arsenal” “Chelsi”dan bir nafar yarim himoyachi bilan shartnoma imzolagan edi. Keyin esa Jorginyo “kanonirlar” oldiga bordi. Transfer summasi 11 million evroni tashkil qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano