"Arsenal" Angliya Kubogi finalidan so'ng Uolkottga yangi shartnoma taklif qiladi
Aziz Tukhtamuradov
19 may 2015, 23:00
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger yaqin orada Teo Uolkott bilan yangi shartnoma masalasida gaplashib oladi.
Xabar qilinishicha, muzokaralar Angliya Kubogi final o'yindan so'ng bo'lib o'tadi. Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2016 yilda o'z yakuniga etadi.