"Arsenal" 4 nafar hujumchidan iborat short-list tuzib oldi

Sherzod Nurmatov
3 may 2022, 22:07
"Kanonirlar" hujumni kuchaytirishga jiddiy bel bog'lashgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, London klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. "Arsenal" shu maqsadda Darvin Nunes ("Benfika"), Temmi Abraxam ("Roma"), Gabriel Jezus ("Manchester Siti") va Kodi Gakpo (PSV)ni short-listga kiritgan.

Tranfser narxi 40 mln evro bo'lgan 22 yoshli Nunes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan.

24 yoshli Abraxam Italiya A Seriyasida 34 ta bahsda 15 ta to'p kiritgan hamda 4 ta assist qayd etgan.  

25 yoshli Jezus Angliya Premer-ligasida 25 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urgan va 9 ta golga assistentlik qilgan.

22 yoshli Gakpo hamma musobaqalar doirasida 44 ta uchrashuvda qatnashib, 19 ta gol urgan va 15 ta golga pas uzatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London