Arsen Venger: "Ideal futbolchilar yo'q, ammo komillikka eng yaqini Messi"

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2018, 14:50
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Ideal futbolchilar yo'q. Hammada kamchilik bor. Biroq Messi komillikka yaqin. U boshqalar o'ynashiga yordam beradi, o'zi gol uradi, ammo uning unda ham kamchiliklar mavjud.

Agar uning o'yinini tahlil qilsak, u havodagi kurashlarda va himoyada yomon harakat qiladi.

Ammo sening o'yiningni kamchiliklar belgilamaydi. Murabbiyning vazifasi - futbolchiga o'zining eng yaxshi sifatini ko'rsatishga yordam berish" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.london