Argentina termasi sobiq o'yinchisi: "Messisiz bizning jamoani hech kim tanimasdi"

Alisher
19 may 2020, 10:20
Argentina terma jamoasi sobiq himoyachisi Ramon Erediya Lionel Messining terma jamoadagi harakatlarini tanqid qilayotganlarga javob qaytardi.

- Bu terma jamoa Messisiz bugun hech kimga taniqli bo'lmasdi. Maradona va Leo har xil insonlar.

Diego jamoani o'zi xohlagancha boshqargan, Messida esa biroz boshqacharoq, - deydi Erediya.

Messi Argentina terma jamoasi safida aytarli muvaffaqiyatlarga erishmagan. Terma jamoadagi yagona yutug'i Olimpiada-2008 bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Radio Marca