Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bunday maydonda o'ynashning iloji yo'q"

Alisher
24 iyun 2019, 10:25
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni kechagi bahsdan so'ng maydon holatidan norozi ekanligini bildirib o'tdi.

"Maydon maysasi mavzusini ko'tarish kerak. Buni bahona qilyapti deb men allaqachon tanqidga uchraganman. Lekin bunday maydonda futbol o'ynash imkonsiz.

Biz ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman. Hatto biz faqat hujum qilishga harakat qildik. Biz pley-offga chiqqanimizdan xursandman. Jamoa yaxshi o'ynayapti. Albatta hamma chiziqlarda o'sish bor.

Bir qancha vaqt oldin Venesuela bilan o'yin o'tkazganmiz va natijadan hafa bo'lganmiz. Braziliya bilan durang o'ynagan jamoa qiziq. Ularda aniq g'oyalar bor va uzoq vaqt birga o'ynashgan. Qiyin raqib", - deydi Skaloni.

Eslatib o'tamiz, kecha Argentina Qatarni mag'lub etib, pley-off masalasini hal qildi.

Argentinaning Venesuela bilan kechgan so'nggi o'yinida Messi jamoasi 1:3 hisobida engilgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TyC Sports