Aren Robben: “Bavariya”ning har bir futbolchisi “Manchester Siti”ga qarshi o'yinni intiqib kutayapti

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 15:30
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben, bugun bo'lib o'tishi kutilayotgan “Manchester Siti”ga qarshi o'yinni, uning jamoasi intiqib kutayotganligini aytib o'tdi.

Futbolchining fikriga ko'ra, bu o'yin ularga o'z kuchlarini tekshirib olishlariga yordam beradi.

- “Bavariya”ning har bir futbolchisi “Manchester Siti”ga qarshi o'yinni intiqib kutayapti. Bu jamoa kuchini tekshirib olish uchun yaxshi imkoniyat. Bunday raqibga qarshi o'ynash har doim qiziqarli bo'lgan. Biz jangga tayyormiz, - Robbenning so'zlarini keltiradi sport1.de


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net