"Ardus" rasman o'z faoliyatini tugatdi

Tolibjon Qosimov
10 dek 2018, 14:28
O'zbek futzalining afsonaviy klubi "Ardus" o'z faoliyatini tugatdi.

2018 yil futbolimizdagi antiqa qaror qurboni bo'lgan "Ardus" jamoasi o'z faoliyatini rasman to'xtatdi.

"Ardus" futzal jamoasi ko'p yillar davomida O'zbekiston terma jamoasining asosiy negizini tashkil qilib kelgan. "Ro'zmat Madaminov", "Turon-C", "Maksam-Chirchiq", "Do'stlik-AIN", "Nafis", "Kogon" va Zarafshonning sobiq "Stroitel" jamoalari bilan birga O'zbekistonda futzalni ommalashishiga munosib ulush qo'shib kelgan.

Aynan "Ardus"da to'g'ri yo'lga qo'yilgan siyosat negizida keyinchalik "Bunyodkor", "Lomokotiv" va AGKM jamoalari o'z tarkiblarini kuchaytirib keldilar. Bu esa O'zbekiston milliy  terma jamoasini ilk marotaba JCHga chiqishida katta rol o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia