Arda Turan: "Atletiko"ga qarshi o'ynash men uchun qiyin bo'ladi"
Aziz Tukhtamuradov
29 yanv 2016, 21:14
"Barselona" futbolchisi Arda Turan sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushish oson bo'lmasligini aytib o'tdi.
"Atletiko"ga qarshi o'ynash men uchun qiyin bo'ladi. Lekin, hozir "Barselona"daman. Bu futbol va kimning tarkibida bo'lsang o'sha jamoa uchun o'ynash lozim", - deydi turkiyalik futbolchi.