Arauxo kelajagi va Xavi bilan munosabati haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
14 mar 2024, 12:28
"Barselona" va Urugvay termasi himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Kataloniyada davom ettirmoqchi.

"Kelajagim klubning qo'lida. "Barsa"da qanchalik baxtli ekanligimni va Xavidan minnatdorligimni barcha yaxshi biladi".

Arauxo "Barselona" tizimida 2018 yil yozidan buyon harakat qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha mo'ljallangan.

Avvalroq, "Barselona" prezidenti Joan Laporta Arauxo klub kelajagi uchun muhim figuraligini takidlagandi. Shuningdek, 25 yoshli markaziy himoyachiga "Bavariya" qziiqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia