AQSH hamda Bahrayn o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2016, 10:45
AQSH U19 hamda Bahrayn U19 terma jamoalari o'rtasidagi COTIF Tournament xalqaro turniri doirasidagi uchrashuv futbolchilarning ommaviy mushtlashuvi bilan yakunlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, janjalga bahraynlik futbolchi aybdor bo'lgan. U jamoadoshining qo'pol o'yinidan so'ng to'pni jabrlanuvchining boshiga qarab tepdi. Bundan so'ng maydonda mushtlashuv boshlandi va unda jamoalarning zaxira futbolchilari hamda murabbiylari ham ishtirok etdi.

Bahs 3:1 hisobida Bahraynning g'alabasi bilan yakunlandi. Ikkala jamoa ham guruh bosqichi muvaffaqiyatsiz yakunladi va keyingi bosqichga chiqa olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com