APLning TOP jamoalari fransiyalik hujumchisiga 80 million to'lashga tayyor

Khoja
29 mar 2025, 10:56
Manchester Yunayted, Arsenal va Liverpul yozda hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha ishlarni boshlab yuborishgan.

 yuborishgan. Jamoalarga Ayntraxtning hujumchisi Ugo Ekitike kerak. Nemis jamoasi 22 yoshli hujumchini 80 million evroga sotishga tayyor va bu summani har uch jamoa to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, Ayntraxt hujumchini 2024 yilning yozida PSJdan 16 million evroga sotib olgandi. Futbolchi joriy mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com