APLning 3-top jamoasi Rakitichni sotib olishga tayyor turibdi

Mirjalol Normatov
19 sen 2018, 21:51
APLning 3 jamoasi "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich borasidagi holatni kuzatib borishmoqda.

"talkSPORT" xabariga ko'ra, 30 yoshli xorvatiyalikni "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalar sotib olishga tayyor turishibdi. Agarda jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortsa, Rakitich bilan ushbu uch jamoa muzokaralar boshlashga tayyor turibdi. Xavbekning "Barsa" bilan kelishuvi 2021 yilda o'z yakuniga etadi.

Oldinroq Joze Bartomeu moliyaviy feyr-pley tufayli futbolchiga yaxshilangan shartnoma taklif qila olmasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: talkSPORT