APLning 3 ta klubi "Kristal Pelas" vingeri uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2024, 19:30
Futbolchida bir qancha takliflar bor.

"Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Chelsi" jamoalari "Kristal Pelas" vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

"Manchester Yunayted" futbolchining transferini muhokama qilmoqda. Mankunianlar shartnomaga 2019 yilda "Kristal Pelas"dan 55 million evroga sotib olingan himoyachi Aaron Uan-Bissakani qo'shishga tayyor.

Olise 2021 yildan beri London klubida o'ynab kelmoqda. 22 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 9 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN