APL. Ikkita qizil ko'rsatilgan o'yinda “Aston Villa” penalti evaziga “Vulverxempton” ustidan zafar quchdi

Alisher
12 dek 2020, 19:30
Angliya chempionati 12-turidan o'rin olgan “Vulverxempton” – “Aston Villa” o'rtasidagi bahsda mehmonlar minimal hisobda g'alaba qozondi.

Bahsdagi yagona gol esa 90+4 daqiqada Anvar El Gazi tomonidan penaltidan urildi. Aytish joiz, jamoalar uchrashuvni 10 kishidan bo'lib yakunlashdi. 85-daqiqada mehmonlar xavbeki Duglas Luis 2-sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Keyin esa mezbonlar a'zosi Juan Moutinyu chetlatildi.

"Vulverxempton" – "Aston Villa" 0:1 (0:0, 0:1)

"Moline Stedium"

Gol: 0:1 – 90, penalti El-Gazi.

"Vulverxempton" – Ruy Patrisiu, Marsal, Semedu, Koudi, Saiss, Dendonker (Ruben Nevesh, 80), Moutinyu, Netu, Podense, Traore, Fabiu Silva.

"Aston Villa" – Martines, Konsa, Targett, Mingz, Kesh, Duglas Luis, Makginn, Grilish, Remzi (Nakamba, 90), Traore (El-Gazi, 75), Uotkins.

Ogohlantirishlar: Duglas Luis (14), Kesh (29), Makginn (30), Traore (43), Dendonker (77), Targett (81), Konsa (82), Moutinyu (83), Grilish (88).

Chetlatishlar: Duglas Luis (85), Moutinyu (90).


APL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia