APL. "Vulverxempton" "Manchester Yunayted"ga yetib oldi

20 iyun 2020, 23:30
Angliya chempionati 30-tur bahslari davom etadi.

Biroz avval Londondagi "Vest Xem" – "Vulverxempton " o'yini nihoyasiga etdi. Maxkur bahsning so'nggi 20 daqiqasida Raul Ximenes va Pedro Netu tomonidan urilgan gollar mehmonlarga g'alaba taqdim qildi. "Bo'rilar" ushbu muvaffaqiyatdan keyin o'z ochkolarini sonini 46taga etkazgani holda "Manchester Yunayted" klubiga yetib oldi. Ushbu jamolar to'plar nisbatidagi farq evaziga 5 hamda 6-o'rinlarni band qilishgan. Ulardan keyin bitta kam o'yin o'tkazgan "Sheffild Yunayted" klubi bormoqda (44 ochko).

APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Vest Xem – Vulverxempton 0:2 

20 iyun, 21.30, "Olimpiyskiy stadion"

Gollar:

0:1 – 73 Ximenes, 0:2 – 84 Netu.

Vest Xem – Fabianski, Ngakia (Frederiks, 81), Diop, Kressuell, Fornals (Yarmolenko, 81), Antonio, Felipe Anderson (Lansini, 67), Nobl, Bouen, Souchek, Rays.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro (Ruben Vinagre, 90), Boli, Koudi, Doerti, Ruben Nevesh, Saiss, Dendonker (Traore, 64), Moutinyu, Ximenes (Gibbs-Uayt, 90), Diogu Jota (Netu, 64).

Ogohlantirishlar:

Moutinyu (57), Antonio (62).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia