APL. To'purarlar ro'yxatida yarim himoyachi birinchi o'rinda

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018, 11:33
O'tgan haftaning so'nggi kunlarida Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Sautgempton"ga qarshi bahsda (1:3) gol urib, golli pas bergan "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar APL to'purarlari ro'yxatida yetakchilik qilmoqda. Futbolchi Angliya chempionatning 8ta uchrashuvida 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ayni damda to'purarlar poygasida jadval quyidagicha:

1. Eden Azar ("Chelsi") - 7ta gol
2. Serxio Aguero ("Manchester Siti") - 5ta gol
3. Garri Keyn ("Tottenxem") - 5ta gol
4. Aleksandr Mitrovich ("Fulxem") - 5ta gol
5. Glenn Marrey ("Brayton") - 5ta gol

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia