APL top-klublari "Barselona" vunderkindini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025
"Barselona"ning yosh iqtidorini sotib olish uchun bir qator jamoalar davogarlik qilmoqda.

"Fichajes" ma'lumotlariga qaraganda, "Manchester Yunayted" 17 yoshli Pedro Fernandesni safiga qo'shib olish uchun eng ko'p qiziqish bildirayotgan APL klubidir.

Fernandes bo'lajak superyulduz sanaladi va mish-mishlarga ko'ra, La Ligadagi debyutini o'tkazishga yaqin turibdi.

Ruben Amorim jamoasi hujumkor yarim himoyachini qo'lga kiritishda qiynaladi, chunki uni Angliyaga olib kelishga "Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

Yosh futbolchi "Barselona"ning Osiyo turnesida ishtirok etgan va Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga qarshi o'yinda (3:1) yakuniy golni urgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes