APL. Mavsumning ramziy terma jamoasi bilan tanishing ("Sky Sports" tasnifiga ko'ra)

5 apr 2020, 23:17
"Sky Sports" nashri APL joriy mavsumida to'p tepgan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Ramziy tarkibga "Liverpul"dan 6, "Lester" va "Sheffild Yunayted"dan 2 nafardan, "Manchester Siti"dan esa bir nafar futbolchi kiritildi.

Darvozabon: Din Xenderson ("Sheffild Yunayted");

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi – "Liverpul"), Jek O’Konnell ("Sheffild Yunayted");

Yarim himoyachilar: Uilfred Ndidi ("Lester"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti");

Hujumchilar: Sado Mane, Muhammad Saloh (ikkilasi – "Liverpul"), Jeymi Vardi ("Lester").

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports