APL. "Liverpul" eng yaqin taqibchisidan 10 ochko ilgarilab ketdi

14 dek 2019, 22:52
Futbol bo'yicha Angliya chempionati 17-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Bugun musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan jamoalar o'z uchrashuvlarini o'tkazib ulgurishdi. Dastlab, "Liverpul" o'z maydonida musobaqa autsayderiga aylanib borayotgan "Uotford" klubini qabul qildi. Uchrashuv taqdirini Muhammad Saloh tomonidan kiritilgan 2 gol hal etdi. Ushbu g'alabadan keyin Yurgen Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 49 taga etdi.

Liverpul – Uotford 2:0 

14 dekabr, 17.30, Enfild

Gollar:

1:0 – 38 Salax, 2:0 – 90 Salax.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Xenderson, Milner, Shakiri (Oksleyd-Chemberlen, 70), Veynaldum (Robertson, 59), Mane, Salax, Firmino (Origi, 88).

Uotford – Foster, Femeniya, Ketkart, Mariappa, Kabasele, Kapu, Dukure (Kina, 87), Xyuz, Sarr, Dini (Grey, 75), Deulofeu.

Ogohlantirishlar:

Xyuz (24), Xenderson (43), Milner (57).

APL musobaqa jadvalida peshqadam "Liverpul"ni taqib etib kelayotgan "Lester" esa o'z maydonida "Norvich" klubini qabul qildi. "King Pauer" o'yingohida o'tkazilgan mazkur uchrashuv durang bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuvdan keyin Brendon Rojers shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 39 taga etdi va 17-turdan keyin "Liverpul" bilan orada 10 ochkolik farq yuzaga keldi.

Lester – Norvich 1:1

14 dekabr, 20.00, King Pauer

Gollar:

0:1 – 26 Pukki, 1:1 – 38, avtogol Krul.

Lester – Shmeyxel, Evans, Rikardu Pereyra, Chiluell, Seyundjyu, Prat (Barns, 46), Meddison, Tilemans, Ndidi, Ixeanacho (Grey, 39), Vardi.

Norvich – Krul, Godfri, Cimmermann, Aarons, Bayrem, Tribull (Shtipermann, 86), Kentuell (Ernandes, 85), Tetti, Maklin, Buendia (Vranchich, 90), Pukki.

Ogohlantirishlar:

Kentuell (33), Tribull (52), Buendia (60), Tetti (78), Krul (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia