APL klubi Vengerni nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2018, 16:30
"Everton " yozda "Arsenal"ni tark etadigan mutaxassis Arsen Venger bilan shartnoma imzolash niyatida.

Ma'lumotlarga ko'ra, Venger London jamoasidan kyetib, tanaffus olish niyatida emas. "Everton" fransiyalik mutaxassis uchun faoliyatini davom ettirishga eng maqul variantlardan biri hisoblanyapti. "Irislar" egasi Farhod Moshiri Venger bilan yaqindan tanish. Moshiri uzoq yillar davomida "Arsenal" akcionerlaridan biri edi.

Oldinroq, 68 yoshli murabbiy PSJning bosh menejeriga aylanishi mumkinligi e'lon qilindi.

Venger 1996 yildan beri "Arsenal"ni boshqarmoqda. Jamoa fransiyalik mutaxassis qo'l ostida uch marta Angliya Chempioniga aylandi, 7 martadan Angliya Kubogi va mamlakat liga Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph