APL. Autsayderga mag'lub bo'lgan "Lester" 3-o'ringa ko'tarilib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi

13 iyul 2020, 01:01
Angliya chempionati 35-turi doirasida "Bornmut" o'z maydonida "Lester"ni qabul qildi.

Ushbu turda "Chelsi" mag'lubiyatga uchragach, "Lester"da 3-pog'onaga ko'tarilib olish imkoni paydo bo'lgandi. Buning uchun Chempionshipga tushib ketish uchun asosiy da'vogarlardan hisoblangan "Bornmut"dan ustun kelish kerak edi. Biroq, amalda barchasi boshqacha bo'ldi. Uchrashuvda hisob Jeymi Vardi tomonidan ochilgandi, ammo 2-bo'limda mehmonlar himoyachisi Chag'lar Soyunchu qizil kartochka oldi va "Bornmut" "tulkilar"ni yanchib tashladi.

Ma'lumot uchun, agar "Manchester Yunayted" ertaga "Sautgempton"dan ustun kelsa, "qizil iblislar" 3-o'ringa ko'tarilib olishlari mumkin.

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Bornmut – Lester 4:1

12 iyul, 23.00, Din Kort

Gollar:

0:1 – 23 Vardi, 1:1 – 66, penalti Stanislas, 2:1 – 67 Solanke, 3:1 – 83, avtogol Evans, 4:1 – 87 Solanke.

Bornmut – Remsdeyl, Kelli, Steysi, Ake (Kuk, 40), Riko, Gosling (Billing, 46), Bruks (Kuk, 81), Lerma, Dandjuma (Stanislas, 46), Uilson (Serridj, 90), Solanke.

Lester – Shmeyxel, Seyundjyu, Evans, Fuks, Djastin, Tilemans, Olbrayton (Bennett, 16), Ndidi, Peres (Barns, 71), Ixeanacho (Prat, 46), Vardi.

Ogohlantirishlar:

Gosling (32), Ndidi (64), Stanislas (86).

Chetlatish:

Seyundjyu (67).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia