

Qayd etilishicha, Anxel Di Mariya yozgi transferlar vaqtida Milanning “Inter” jamoasiga o'tishi mumkin. “Inter” sport direktori Pero Auzilio ushbu masala yuzasidan allaqachon harakatlarni boshlab yuborgan. Ammo bitta muammo mavjud. Di Mariya “Inter” Chempionlar ligasiga yo'llanma olsagina, Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun hozirda “Inter” A Seriyada 5-o'rinda bormoqda.



