Antoni YTHda halok bo'ldi

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025, 11:48
Braziliyaning "Piaui" yoshlar jamoasining 20 yoshli futbolchisi Antoni Ilano vatanida avtohalokatga uchradi.

"The Sun" nashrining yozishicha, futbolchi 20 oktyabr kuni erta tongda otasining tug'ilgan kunidan motociklda qaytayotganida yo'l o'rtasida sigir bilan to'qnashib ketgan.

Ilano voqea joyida vafot etgan. To'qnashuv yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Braziliya klublari futbolchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Antoni Ilano mintaqaning istiqbolli futbolchisi hisoblanar va muntazam ravishda ko'zga tashlanib turardi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun