

"Men Ronaldu bilan bir jamoada o'ynayotganimdan xursandman, bu haqda uning o'ziga aytganman. Biz do'stona muloqot qilamiz. Krishtianu menga ishonch bag'ishlaydi. Go'yoki bir-birimizni juda uzoq vaqtdan beri bilgandek taassurotdaman.
Ronaldu ajoyib mavqeiga ega, u yoshlarga o'rnak bo'la oladi. Krishtianu jamoamizmning bir qismi ekanligidan juda xursandman. Men atigi 22 yoshdaman, shuning uchun men undan ko'p narsani o'rganishim mumkin", - dedi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 37 yoshli portugaliyalik hujumchi 6 ta o'yin o'tkazib, hali gol ura olmadi.



