Anri kelajakda "Arsenal" va "Barselona"ni boshqarishni xohlaydi

Alisher
9 mar 2021, 12:50
"Barselona" va "Arsenal" sobiq o'yinchisi Terri Anri kelajakda ushbu klublarni shug'ullantirish xohishi haqida gapirdi.

"Arsenal"ni shug'ullantirishni xohlaymanmi? Ha. "Barselona"ni ham shug'ullantirishni xohlaymanmi? Ha. Yana "Arsenal" safida o'ynashni xohlaymanmi? Ha, lekin aslida men hech narsa qila olmayman!

Men hali ham o'qiyapman, men shug'ullantiradigan jamoamga foyda olib kelishni xohlayman.

Men o'z nazoratim ostidagi narsalarga e'tiborimni qarataman, qolganlari - bu utopiya", - deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: FourFourTwo