Angliyada o'yin vaqti tobi qochgan muxlis uchun tez yordam vertolyoti maydonga qo'ndi

Оқил Абдубарноев
2 apr 2024, 21:55
Angliya ikkinchi divizionidan o'rin olgan "Ueymut" - "Yovil" uchrashuvi favqulodda vaziyat tufayli to'xtatildi.

Bellashuv 75-daqiqada tomoshabinlardan birining salomatligi yomonlashib qolgani sababli to'xtatildi. Avvaliga futbolchilar maydonni bo'shatdi, so'ng tez yordam vertolyoti stadion o'rtasiga qo'ndi va bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatdi.

Keyinchalik o'yin bekor qilindi. Unga qadar "Ueymut" Den Robertsning 32-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida oldinda borayotgandi.

VIDEO

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/MichaelCalv