Angliyada dahshatli kambek sodir bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 may 2023
Kecha Angliya Birinchi ligasi pley-off javob bahsi bo'lib o'tdi.

"Sheffild Uensdey" birinchi bahsda "Piterboro Yunayted"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. Kechagi javob bahsida esa javobsiz 4ta gol urishga erishdi, e'tiborlisi so'nggi gol 90+8-daqiqada urildi va ekstra-taymga o'tildi.

Ekstra-taymlarda Darren Mur shogirdlari yana hisobda ortda qola boshlashdi "Piterboro" bitta gol urdi - 4:1. Ammo mezbonlar buni ham uddalashdi.

Penaltlar seriyasida esa "Sheffild" 5:3 hisobida g'alaba qozondi.

Aytganch bu kambek Angliya pley-offlari doirasidagi eng katta farq yo'qqa chiqarilgan bahs bo'lib tarixga kirdi.


VIDEONI TOMOSHA QILISH


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia