

Londonliklar "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Eberechi Eze bilan shartnoma imzolashmoqchi. Ayni vaqtda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Angliya terma jamoasi a'zosi allaqachon "Arsenal"ga o'tishga rozilik bergan. 27 yoshli futbolchining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Eberechi Eze o'tgan mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.



