Angliya Liga Kubogi. "Uotford" to'rtinchi liga jamoasiga mag'lub bo'ldi, "Vest Xem"da g'alaba va boshqa natijalar

Mirjalol Normatov
23 sen 2020, 01:32
Angliya Liga Kubogining 3-bosqichi doirasidagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Unda "Uotford" jamoasi Angliyada darajasi bo'yicha to'rtinchi liga hisoblangan "Ikkinchi liga" qatnashchisi "Nyuport" jamoasiga mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi. "Vest Xem" esa o'z maydonida "Xall"ni ayab o'tirmadi. Yana bir uchrashuvda "Vest Bromvich" o'z maydonida "Brentford"ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

Nyuport – Uotford 3:1 (2:0, 1:1)

"Rodney Parade"

Gollar: 1:0 – 18, penalti Abraxams, 2:0 – 28 Lebedi, 2:1 – 54, penalti Penyaranda, 3:1 – 65 Eymond.

Nyuport – Taunsend, Demetriu, Bennett (Uillmott, 82), Kuper, Sheferd, Lebedi (Kollinz, 82), Xeyns, Dolan, Shien, Abraxams, Eymond.

Uotford – Baxmann, Serralta, Agyakva, Douson, Stivenson, Fillips, Pussetto (Krichlou, 84), Garner, Xungbo (Penyaranda, 46), Myurrey (Perica, 46), Sinkleyr.

Ogohlantirish: Stivenson (17), Agyakva (40), Lebedi (42), Penyaranda (62), Pussetto (76), Bennett (80).

Chetlatish: Perica (88).

 


Vest Bromvich – Brentford 2:2, penaltilar bo'yicha - 4:5

"Xotorns"

Gollar: 1:0 – 56, penalti Robson-Kanu, 1:1 – 58 Markondes, 2:1 – 66, penalti Robson-Kanu, 2:2 – 73, penalti Forss.

Vest Bromvich – Batton, Ivanovich (O`Shi, 59), Kipre, Taunsend, Pelter, Xarper, Gallaxer, Edvards, Fild, Fillips (Diangana, 71), Robson-Kanu (Ostin, 85).

Brentford – Rayya, Gud, Genri, Bek, Tompson, Markondes (Touni, 71), Baptist, Kanos (Nergor, 66), Jamburek (Dasilva, 66), Fosu, Forss.

Ogohlantirish: O`Shi (88).

 


Vest Xem – Xall 5:1

"Olimpiyskiy stadion"

Gollar: 1:0 – 18 Snodgrass, 2:0 – 45 Aller, 3:0 – 56, penalti Yarmolenko, 3:1 – 70 Uilks, 4:1 – 90 Aller, 5:1 – 90 Yarmolenko.

Vest Xem – Rendolf, Eshbi (Emmanuel, 69), Balbuena, Alese, Djonson, Felipe Anderson, Snodgrass, Uilsher, Lansini, Yarmolenko, Aller.

Xall – Long, Fleming, Maklaflin, Djons, Koyl, Betti, Djons, Smollvud (Xanimen, 17), Madjennis, Mayer (Lyuis-Potter, 61), Skott (Uilks, 61).

Ogohlantirish: Maklaflin (55), Xanimen (59), Fleming (65).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia