Anelka APLda 6ta turli klubda gol urgan to'qqizinchi futbolchi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2013, 20:50
Vest Bromvich hujumchisi Nikolya Anelka APL 19-turidan o'rin olgan Vest Xemga qarshi o'yinda (3:3) dublga erishdi.
Shu tariqa, fransiyalik futbolchi Angliya chempionatida 6ta turli klublar safida gol urgan to'qqizinchi futbolchiga aylandi.

Anelka quyidagi ingliz klublarida gol urgan: Arsenal, Chelsi, Vest Bromvich, Liverpul, Manchester Siti va Bolton.

Bunday natijaga erishgan qolgan 8ta futbolchi esa quyidagilar: Kreyg Bellami, Markus Bent, Darren Bent, Robbi Kin, Nik Barmbi, Endi Koul, Les Ferdinand, Piter Krauch.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru