Andrey Shevchenko "Milan" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Alisher
12 fev 2020
"Milan" bosh murabbiy Stefano Pioli o'rniga nomzodlar qidirmoqda.

Klub texnik direktori Paolo Maldini Ukraina terma jamoasini boshqarayotgan Andrey Shevchenkoning nomzodini qo'llab-quvvatlamoqda.

Oldinroq, Shevchenko A Seriya 20-tur doirasidagi "Milan" - "Udineze" (3:2) o'yinini "San-Siro"da kuzatib borgan edi.

Eslatib o'tamiz, Andrey 1999-2006 va 2008-2009 yillar davomida "Milan" sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com