Andrey Fyodorov: "Istalgan murabbiy teng kuchli ikkita tarkibga ega bo'lishni istaydi"

Narzulla Saydullayev
22 apr 2019, 20:25
OCHL-2019 doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov qatnashdi.

"O'yindan qoniqdim. Bir haftadagi uchinchi o'yinni o'tkazdik. Ikkinchi taymni faol boshladik, afsuski chetlatish barcha rejalarimizni buzib yubordi. Mana shunday o'yinlar ko'proq bo'lsa yaxshi bo'lardi", - deydi Andrey Fyodorov.

- Bugun "Lokomotiv"ning eng yaxshi o'yini bo'lmadi deb o'ylayman. Bugun ikki ochko yo'qotildi deb hisoblaysizmi?
- Tarkibda yo'qotishlar bor edi. Yigitlarning ko'pida charchoq borligi uchun ham hujumda vaziyatlar kamroq bo'ldi.

- Uchta frontda kurash olib borayotgan "Lokomotiv" uchun zaxira o'rindig'i tor emasmi?
- Balki to'g'ridir. Barcha murabbiy ham teng kuchli ikkita tarkibga ega bo'lishni istaydi. Ammo futbolchilar kelsa ular o'ynashi ham kerak, hozirgi yigitlardan kuchli bo'lishlari ham lozim. Yil boshida o'zimiz istagan futbolchilarni tarkibga qo'shib olgandik.



"O'yin judayam qiziq bo'ldi deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham yutib ketishi mumkin edi. Yaxshi o'yin bo'ldi. O'tgan o'yinlardagi hayajonning sababi tajribam kamligida edi, OCHLda debyut qilayapman. O'yindan o'yinga tajriba to'plab boramiz", - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Javohir Ilyosov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia