Albatta, “Andijon” klubining 50 yillik yubileyiga bu munosib sovg'a bo'ldi. Buning uchun jamoa rahbariyati O'FF mutasaddilariga minnatdorchilik bildirgan holda, ularga yangi mavsumda “Andijon” boshqacha o'yin ko'rsatishini, bundan buyon jamoa oliy ligadagi namunali klublar qatoridan o'rin olishga intilishini ma'lum qildi. Shu bois andijonliklar puxta qilib 2015 yilgi mavsumga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqishdi. Ayni paytda hali hech bir jamoa chempionat boshlanguniga qadar qaerlarda yig'inlar o'tkazishi borasidagi rejalarini ommaga e'lon qilmadi. “Andijon” esa o'z rejalarini jamoatchilikka to'la-to'kis etkazishga qaror qildi.
Yangi chempionat boshlangunigacha andijonliklar beshta o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishni belgilaganlar. Dastlabki ikki haftalik yig'in Andijonda o'tadi. Bu yig'inda futbolchilarning tiklanish jarayoniga e'tibor qaratiladi. Yangi yil bayramidan keyin jamoa yana Andijonda shug'ullanadi. Shundan so'ng tayyorgarlik Toshkentga ko'chadi. E'tiborlisi, fevral oyida andijonliklar Turkiyada yig'in o'tkazishni rejalashtirishgan. Oxirgi yig'in esa yana poytaxtda bo'ladi.
“Andijon” jamoasi yangi mavsumga mana bu grafik asosida hozirlik ko'radi:
1) 2014 yil 15-29 dekabr – Andijonda;
2) 2015 yil 4-18 yanvar – Andijonda;
3) 2015 yil 22 yanvar-4 fevral – Toshkentda;
4) 2015 yil 7-21 fevral – Turkiyada;
5) 2015 yil 24 fevral-1 mart – Toshkentda.
Uchinchi yig'in yakunida, yani yanvarning oxiri-fevralning birinchi kunlarida jamoa a'zolari O'FF qoshidagi “Futbol-MED” tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 17 dekabr kuni oliy liga klublari o'rtasidagi 2015 yilgi chempionat taqvimini tuzish uchun qur'a tashlanadi. 24-milliy chempionatning boshlanishi esa 7-8 martga mo'ljallanmoqda.