"Andijon" "Lokomotiv" yoshlarini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2015, 09:01
Toshkentda olib borilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida jamoamiz bugun so'nggi nazorat bahsini “Lokomotiv” o'rinbosarlariga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa-da, tanaffusdan keyin andijonliklar raqib darvozasiga javobsiz 3ta to'p kiritishdi.

“Andijon” tarkibi: Gennadiy Moshnyaga, Doniyor Usmonov, Davron Tursunov, Rahim Qodirov, Ibrohim Otaxonov, Shukur Jumaboev, Rasul Rahmonov, Sanjar Asqaraliev, Asqar Jadigerov, Rustam A'zamov, Farruh Shotursunov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Isaboev, Iqbol Akramov, Predrag Vuyovich, Temur Vasilev, Umrillo Ramazonov, Sayriddin G'afforov, Abdumalik Abdullaev, Yaroslav Krushelnickiy, Asror Rahmonov, Farrux Mirzaev, Ruslan Gafarov.

Gollar: Temur Vasilev, Abdumalik Abdullaev, Iqbol Akramov.

Tarkibdagi so'nggi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'tgan hafta tarkibga qo'shilib mashg'ulotlarda ishtirok etgan gruziyalik futbolchi Georgi Kvesieshvili jamoani tark etdi. Jamoamiz poytaxtdagi yig'inni ertaga yakunlab, 9 mart kuni Qarshiga yo'l oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz