"Andijon"ning yangi yilga qarzdorliksiz o'tildi degan xabari yolg'on

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2022, 11:04
"Andijon" klubi yangi mavsumni Pro ligada o'tkazadi.

3 yanvar kuni "Andijon" matbuot xizmati rasmiy telegram kanalida shunday yozgandi: "Hisob-kitob ishlari to'laligicha yakuniga etkazildi. Yangi yilga qarzdorliksiz chiqildi".



Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Andijon"ning futbolchi, murabbiy va hatto PFL oldida ham qarzlari mavjud.

Masalan, birinchi davrada jamoada o'ynagan Jasur Jaloliddinov bilan to'liq hisob-kitob qilinmagan. Yordamchi murabbiy Doniyor Usmonov ham bir necha oylik maoshini haligacha olgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia