"Andijon"ning bo'lajak raqibi ishonchli g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025, 18:16
"Andijon"ning OCHL 2'dagi raqibi sanalgan Turmanistonning "Arqadag'" jamoasi FIFA kunlaridan so'ng Turkmaniston chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Turkmaniston Oliy ligasi 19-turidan o'rin olgan "Merv" – "Arqadag'" bahsida mehmonlar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga terma jamoa a'zolari Altimurat Annadurdiev (dubl) va Didar Durdiev mualliflik qildi. "Merv"ning yagona to'pini esa Novruz Bayrammammedov kiritdi.

Turmaniston chempionati

19-tur

"Merv" – "Arqadag'" 1:3

Gollar: Bayrammammedov (9') – Annadurdyev (13' i 87'), Durdyev (80')

Eslatib o'tamiz, "Arqadag'" Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi "B" guruhi 1-turida "Andijon"ni mehmon qiladi. Bahs 17 sentyabr kuni 18:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif