"Andijon" - "Volga" uchrashuvi atrofidagi voqealar va arenadagi kutilmagan mehmonlar

Iskandarov Abdulaziz
9 fev 2023, 12:50
Antaliyadagi 12-kun ham boshlandi.

Jamoalarimizning tayyorgarligi endilikda yanada avj pallasiga chiqmoqda. Qur'adagi raqiblari ma'lum bo'lgach ularning o'yinlarini kuzatish bosqichi boshlandi. Chunki stadionlar orasi yaqin, mehmonxonalar zich joylashgan. Murabbiylarga bu borada ancha engil bo'lmoqda. 

"Andijon" rus klubiga yirik hisobda yutqazdi


"Andijon" jamoasi kecha uchinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib FNL vakili, bir necha kun oldin OKMK bilan to'qnashuvda g'alaba qozongan Ulyanovskning "Volga" jamoasi. Raqib o'zi ishtirok etayotgan chempionatda 17-o'rinni egallab turibdi. Shunga qaramay tarkibida jismonan baquvvat futbolchilar yig'ilgan, tajriba katta. Aynan shu jihat kechagi bahsda o'z so'zini aytdi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qilgan "burgutlar" gol urish uchun etarlicha vaziyatlar yaratishdi, deya olamiz. Ayrim holatlarda darvoza ustuni to'sqinlik qilgan bo'lsa, yana boshqa vaziyatlarda oldingi chiziq vakillariga tajriba kamligi sezilib qoldi. "Sen urmasang, senga urishadi",- degan ibora aynan kechagi uchrashuvga mos edi. "Andijon" vaziyatlar yaratdi, hujum qildi. Lekin golni "Volga" futbolchilari urdi, 0:4. 



Turkiyadagi yig'inlarda tarkibga qo'shilgan uch nafar legioner Levan Arveladze, Nodar Kavtaradze, Ahtam Nazarov bilan shartnoma imzolangan. Klub matbuot xizmati tez orada ularni tanishtiradi. Uch nafar legionerning harakatlariga esa chempionat boshlangach baho beramiz. Hozircha qandaydir xulosa qilish qiyin. 



Aytish mumkinki, shaxsan men kechagi bahsda Ro'ziqul Berdievning tashrifini kutgandim, chunki dastlabki turdagi raqibi "Andijon". Lekin tajribali mutaxassis bunga qadar ikki marotaba jamoaning o'yinini tomosha qildi. Fikrimcha kerakli xulosalar bor. Tribunada "Bunyodkor" bosh murabbiyi Murod Otajonov, maslahatchi murabbiy Rustam Mirsodiqov kechagi bahsni bevosita stadiondan kuzatdi. Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" 3-turda "Andijon" bilan safarda o'ynaydi. 



Kamoliddin Alimov va Jahongir Fayzullaev juftligi kecha SAfarda loyihasi bilan "Andijon"ning uchrashuvida bo'lishdi. Ko'rsatuv yakunida jamoa darvozaboni Eldor Adhamovning ham fikrlari o'rin olgan 




Uchrashuv yakunlangach kechki taomdan so'ng "Sileks" sport direktori, "Bunyodkor"da qisqa vaqt ichida nom qozongan Stevica Ristich bilan uchrashdim. Quyida u bilan tashkil qilingan suhbatning dastlabki qismini o'qishingiz mumkin. Odil Ahmedov, Geynrix, "Bunyodkor"dagi damlar, ayni paytdagi faoliyati haqida so'z boradi. Bugun u bilan kecha chala qolgan suhbatimizni davom ettirishimiz rejalashtirilgan. 


 "Shubhasiz eng yaxshi davrlarim "Bunyodkor"da o'tgan" - Stevica Ristich Antaliyada Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia